您好!我是专业的中文—乌兹别克语翻译。
曾在中国生活学习5年,毕业于上海大学硕士研究生项目,持有HSK5级证书。熟悉中国与乌兹别克斯坦的文化、商业环境及沟通方式,可提供商务洽谈、工厂考察、展会陪同、会议口译及文件笔译等服务。
本人拥有车辆,可陪同客户前往乌兹别克斯坦全国各地开展商务活动。
服务费用:
• 不含车辆:120-150美元/天
• 含车辆:150-200美元/天
期待与您的合作!
Assalomu alaykum! Men xitoy-o‘zbek va o‘zbek-xitoy tillari bo‘yicha professional tarjimonman.
Xitoyda 5 yil yashab, tahsil olganman. Shanghai University magistratura bosqichini tamomlaganman va HSK 5 sertifikatiga egaman. Biznes uchrashuvlari, zavod tashriflari, ko‘rgazmalar, muzokaralar hamda hujjatlar tarjimasi bo‘yicha tajribaga egaman.
Shaxsiy avtomobilim mavjud bo‘lib, O‘zbekistonning istalgan hududida hamrohlik tarjimonlik xizmatini ko‘rsata olaman.
Xizmat narxi:
• Avtomobilsiz: 120–150 AQSh dollari/kun
• Avtomobil bilan: 150–200 AQSh dollari/kun
Hamkorlikdan mamnun bo‘laman!
Экскурсии Перевод устный (последовательный) Перевод синхронный
Assalomu alaykum! Men xitoy-o‘zbek va o‘zbek-xitoy tillari bo‘yicha professional tarjimonman.
Xitoyda 5 yil yashab, tahsil olganman. Shanghai University magistratura bosqichini tamomlaganman va HSK 5 sertifikatiga egaman. Biznes uchrashuvlari, zavod tashriflari, ko‘rgazmalar, muzokaralar hamda hujjatlar tarjimasi bo‘yicha tajribaga egaman.
Shaxsiy avtomobilim mavjud bo‘lib, O‘zbekistonning istalgan hududida hamrohlik tarjimonlik xizmatini ko‘rsata olaman.
Xizmat narxi:
• Avtomobilsiz: 120–150 AQSh dollari/kun
• Avtomobil bilan: 150–200 AQSh dollari/kun
Hamkorlikdan mamnun bo‘laman!
Ta'lim va tajribam davomida til, biznes va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida mustahkam bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganman. Bakalavr darajasini Samarqand davlat chet tillar institutida tamomlaganman, magistratura bosqichida esa Xitoyning nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Shanghai University'da tahsil olganman.
Xitoyda 5 yil davomida yashab, o‘qish va ishlash jarayonida xitoy tili, madaniyati va biznes muhitini chuqur o‘rgandim. HSK 5 sertifikatiga ega bo‘lib, xitoy va o‘zbek tillarida erkin muloqot qila olaman.
Faoliyatim davomida ko‘plab xitoy kompaniyalari, investorlar va tadbirkorlar bilan ishlaganman. Shuningdek, logistika kompaniyasi rahbari sifatida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hamda logistika jarayonlarida katta tajriba orttirganman.
Mening ustunligim shundaki, men nafaqat tarjima qilaman, balki ikki davlat o‘rtasidagi biznes muloqotni, muzokaralarni va hamkorlik jarayonlarini ham chuqur tushunaman. Shu sababli mijozlarim uchun ishonchli hamkor va professional tarjimon bo‘lib xizmat qilaman.
Bundan tashqari, logistika sohasida ham faoliyat yuritaman va o‘z logistika kompaniyamga egaman. Faoliyatim davomida ko‘plab xitoy kompaniyalari, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar bilan hamkorlik qilganman.
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo, import, eksport hamda logistika jarayonlarini yaxshi bilaman. Shu sababli mijozlarga nafaqat tarjimonlik, balki biznes muzokaralari, ishlab chiqaruvchilar bilan aloqa o‘rnatish, mahsulot xaridi va logistika masalalarida ham amaliy yordam bera olaman.
Xitoylik hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribam mijozlar uchun samarali va ishonchli hamkorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.